Похожее видео
Alisher Navoiy Xamsasining tortinchi dostoni Sabai sayyor deb atalib 1484 yilda yozib tugallangan. Asarning bosh qahramoni Bahrom bolib tarixiy shaxs sifatida Eronning sosoniy hukmdori Varaxran V 420 - 438 yillarda podsholik qilgan bilan bogliq. Bu hukmdor qulon yovvoyi kiyikni ovlashga nihoyatda och bolganligi uchun xalq orasida Bahrom Gor qulon laqabi bilan shuhrat topgan. Sharq mamlakatlarida Mars Mirrix yulduzi Bahrom deb atalib jang-u jadallar homiysi sifatida keladi. Bahrom timsoli dastlab forsiy adabiyotda Abulqosim Firdavsiy Shohnomasida tasvirlangan. Shohnomada Bahrom Gor haqidagi voqea dostonning faqat bir faslini tashkil etib unda Bahromning tugilishi taxtga chiqishi mamlakatni idora qilish tadbirlari ov vaqtida oz kanizagi Ozoda bilan toqnashuviga doir voqealar tasvirlangan. Shohnomadagi Bahrom Gor va uning kanizagi orasidagi bu toqnashuv lavhasi Nizomiy tomonidan qayta ishlanib mashhur Haft paykar dostoni vujudga keladi. Nizomiy Bahromning kanizak bilan bogliq hikoyasini qoliplovchi hikoya qilib olib unga 7 hikoyat kiritadi. Nizomiy asaridan keyin 200 yil otgach Xusrav Dehlaviy unga javob tarzida Hasht behisht dostonini yaratib 7 hikoyatni hind eposidan oladi. Turkiy tilda birinchi bolib bu mavzuni Alisher Navoiy qalamga oladi va oz dostonini Sabai sayyor deb ataydi. Sabai sayyor dostoni 38 bob 5009 baytdan iborat bolib shundan 11 bobni muqaddima tashkil qiladi.,
Похожее видео