Похожее видео
Слушай трек Соц. Сети артиста: AbroBey Instagram: Соц. Сети BS Records: Текст: Bolalik zoʻr boʻlardi Sovuq suv ichsam onam urardi. Dod yigʻlab qochardim Jahl qilsam hamma kulardi. Bolalik zoʻr boʻlardi Yiqilsam yugurib otam kelardi. Bir erkalab oʻpardi Yiqilganim shu on unutardim. Eslayman oʻsha damlarni Burchakka bekinib devorga chizardim. Oʻyinchoqlarim faqat buzardim Yangi yilda kuni boʻyi archa bezardim. Oʻsha eski bogʻcha opam uxlamoqchi. Men esa qochmoqchiman qizlar aytmoqchi. Lekin baribir qochardim befoyda ushlash Hech kimga yoqmasdi obedda uxlash. Hamma yasardi pistolet buxankadan Bekinmachoq oʻynaganda qochardik bir chekkadan. Oʻynardik don-don-ziki bitta chertkidan Varraklar yasardik Aygen paketlardan. Hayajonli xotiralar: maktabda ilk kun Tayoqcha chizishni oʻrgandim 3 kun. Ustozim kirganda aytardik joʻr boʻlib: Assalomu alaykum! Har kun tayyorgarlik Alifbe bayrami A harfi tushgandi sher yodlagani. Qizlarning salonga ilk bor kirgani Onalar pul yigʻardi video chaqirgani. Sinfdoshim edi birinchi sevgim Hozir ham qiziq goh kelar koʻrgim. Oʻsha onlarni kelar qaytargim Sogʻindim bugun yoshligim. Futbol oʻynardik chiqib oʻqishdan Darvoza boʻlardi yarimta gʻishtdan. Charchab esladim bugun chiqib ishdan Oʻynarman ertaga boʻshab tashvishdan. Vaqt tez oʻtarkan ulgʻaydik ancha Koʻrsatdi onamning oqargan sochi. Oqlayman otamning hamma ishonchin Ishladi bizlar uchun charchagancha. Hech biri savmadi onam sevgancha Hech kim berolmadi otam bergancha. Koʻp adashdim tushunib yetgunimcha Turing yonimda dunyo turgancha. BS Records Uzbekistan,
Похожее видео