Похожее видео
Bu darsimizda berilgan savollar quyidagilardir: 01:12 1. Ustoz Moun surasini tafsir qilar ekansiz munofiqlarning sifatlarini gapirib otgan ediz. Savolim shundan iboratki biz yashaydigan hududda bazi birodarlarimiz rabboniy olimlarning darslarini eshitib duch kelgan odamlarga eshitgan narsalarini aytib davat qilishni boshlashadi. Biz ham haq tomonidamiz. Lekin bazi orinlarda ularni bunday davat qilishdan qaytarib qolganmiz. Suraning tafsirida etiqodiy nifoq alomatlari haqida gapirgan edingiz. Shu haqda chuqur tafakkur qilib Biz ham munofiqlardan emasmikanmiz degan oy paydo boldi. Ozingiz yol korsating iltimos. 06:56 2. Shariatning maqsadi manfaatlarni jalb etish va takomillashtirish zararlarni daf etish va kamaytirish deb eshitib qoldim. Savolim shuki nega unda odamlar shariat desa ogir va yoqimsiz majburiy qonunlarni his etishadi shariatni organish va unga amal qilishga qiziqishmaydi? Axir kofirmi mominmi ayolmi erkakmi hamma birdek manfaatga ishqiboz va zarardan uzoq bolishni istaydiku?! Bu hammaning fitratida bor narsa emasmi?! Shuni tushuntirib bersangiz. 15:37 3. Zuho surasida Albatta sen uchun oxirat bu dunyodan yaxshiroqdir va yaqinda Rabbing senga ato etur va sen rozi bolursan degan oyat bor. Bu manolarni oqib har bir momin bu gaplar menga ham tegishli deb etiqod qilishi kerakmi? Yani Alloh menga: Sen uchun bu dunyodan kora oxirat afzaldir deyapti deb qabul qilishimiz kerakmi? 17:13 4. Bir beva ayol bor yoshi 33 da ikkita bolasi bor eri olgan. Shu ayol ikkimiz turmush qurmoqchi edik. Ikkinchi ayol bolib tegishga rozi. Aka-ukasi yoq dadasiga aytamiz deb turgan edik dadasi infarkt bolib qoldi. Oilasida dadasidan boshqa hamma rozi. Dadasidan soraymiz desak kasalligi sabab sorab bolmayapti. Shu ayol bilan dadasidan ruxsat olmasdan nikoh qilsak boladimi? 20:10 5. Ustoz erkaklar maska taqib namoz oqisa boladimi? 20:44 6. Ustoz taqriban 10 yil oldin momomning janozasini oqigandim uchta takbir bilan mayyitga duo qilmay salom bergandim. Shu janoza namoz sahih bolganmi? Sahih bolmasa nima qilish kerak? 24:12 7. Ustoz biz Alloh qodir qilgancha Allox buyurgan amallarni qilyapmiz. Shu amallar maqbul bolishi uchun nima qilishimiz kerak va amallarimiz maqbul bolganini qanday bilamiz? 26:51 8. Bir kishining puli zakot nisobiga etsa va uning birov bilan sheriklik dokoni bolsa shu dokondagi pullarini ozining pullariga qoshib zakot chiqaradimi yoki dokondagi pullarini sherigi bilan alohida hisoblab chiqaradimi? Agar dokondagi pul nisobga etmagan bolsa-chi unda qanday hisob qilinadi? 27:59 9. Ustoz Yasin surasidagi Salamun qovlan mir robbir rohiym oyatini kengroq tafsir qilib bersangiz. Bu nido kim tomonidan va qachon aytiladi bazi tafsirlarni kordim qoniqmadim. 29:37 10. Dostlarim bilan jamoat bolib namoz oqiganimizda imomlikka kopincha men otaman. Malumki namoz payti tahorat ketib qolsa qayta oqish kerak lekin imom bolib turgan odamning tahorati ketsa nima qilishi kerakligini tushuntirib bersangiz. 30:48 11. Piramidasimon tuzilgan shirkatlardan odam jalb qilmay faqat ozim ishlatishim uchun mahsulot sotib olsam boladimi? Faqat buning ortidan mendan yuqoridagi odamga bal beriladi. 32:12 12. Xotinim otgan yili vafot etdi va undan ikki nafar farzand qolgan. Bolalarim hali yosh. Yaqinda uylandim. Alhamdulillah xotinim bolalarimga juda mehribon. Bolalarim ham juda yaxshi qabul qilishdi. Xotinimni onajon deb chaqirishadi va ozlari ham bundan juda xursand. Rahmatli xotinimning onasi bolalarimga Ona deb chaqirmanglar opa denglar deb aytar ekan. Bolalarim ona deyishni juda xohlashadi. Fikri buzilmasin deb vaqtinchalik bolalarni buvisinikiga yubormasam gunohkor bolamanmi? 33:52 13. Ayollar har bir ummatning taraqqiyoti yoki qoloqligini olchaydigan togri olchovdir degan gapni oqigan edim. Shu gap togrimi? 35:27 14. Mening bittayu bitta opam bor bir-birimiz bilan juda yaqinmiz. Opam eri bilan ajrashganiga hech qancha bolmay bir kishi biz uyda yoqligimizdan foydalanib uyimizga kirib opamni urib hammayogini kokartirib zoravonlik qilgan. Buni opam onamga yiglab aytib berayotganini eshitib qoldim. Men nima qilishni bilmay qoldim xayolimdan uni oldiraman degan fikr hech ketmayapti har namozimda uni duoyibad qilyapman. Shu ishim togrimi? Ustoz menga maslahat bering nima qilay sabr qilishim kerakmi? 37:49 15. Men boyoqchilik bilan shugullanaman. Boyoq dokonidan hisob ochib foydalanganim uchun boyoqlarni oz narxidan 40-50 arzon qilib berishadi. Tashqaridan kelgan odamga oz narxida sotishadi. Shunda men mijozlarimga shu boyoqlarni dokondagi narxida pullasam joizmi? Yoki ozim olgan narxda hisob-kitob qilishim kerakmi? 39:06 16. Domla bir inson kreditga pul olib 300 mingga mashina sotib olgan. Keyin mashinani menga 450 mingga qarzga sotgan. U olgan kredit menga ham yozilmaydimi? Men u pulning kreditga olinganini bilardim. DAVOMI IZOHLAR BOLIMIDA...,
Похожее видео