Migrant.uz - видео - все видео

Новые видео из канала RuTube на сегодня - 19 April 2026 г.

Migrant.uz
  16.04.2026
Migrant.uz
  27.03.2026
Migrant.uz
  25.03.2026
Migrant.uz
  24.03.2026
Migrant.uz
  23.03.2026
Migrant.uz
  19.03.2026
Migrant.uz
  16.03.2026
Migrant.uz
  05.03.2026
Migrant.uz
  01.03.2026

Видео на тему: Migrant.uz - видео


Har yili minglab vatandoshlarimiz munosib ish va yuqori daromad umidi bilan xorijga yo‘l oladi. Biroq ko‘pchilik yo‘l boshidayoq va’daboz firibgarlarning tuzog‘iga ilinadi. Eng klassik tuzoqlar sarasiga soxta ishga joylashtirish agentliklari va insofsiz ish beruvchilarning nayranglari kiradi. Ular migrantlarning ishonchiga qanday kiradi va bu orqali qanday pul undiradi? Bugun biz mehnat migratsiyasidagi eng hatalak otgan “qora bozor” sirlariga nazar tashlaymiz. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz2022-yil fevral oyidan boshlab Ukraina Qurolli kuchlari asirligiga turli mamlakatlar va qit'alardan yollanma askarlar: yevropaliklar, shimoliy koreyaliklar va hatto afrikaliklar ham tushishgan. Ammo xorijlik yollanma askarlarning aksariyati markaziy osiyoliklardir… Shaman TV media kanali jurnalisti Adil Turdikulov Ukrainada asir tushgan markaziy osiyoliklardan yana biri bilan suhbatni e’lon qildi. Tojikistonlik Umidjon Qahhorov urushga borish tarixi, u yerdagi sharoitlar haqida afsus bilan so‘zlab berdi. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzTelegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz✍️ Bugungi kunda Rossiya va boshqa MDH davlatlarida aviabilet, taksi xizmatlari bilan bog‘liq firibgarliklar keng tarqalgan. Ayniqsa, migrantlar ko‘p foydalanadigan xizmatlar — hujjat tayyorlash, ish topish va transport masalalari eng xavfli yo‘nalishlarga aylangan. 🛡 Avvallari aviabiletlar maxsus himoyalangan blankalarda bo‘lgan. Hozir esa ular elektron shaklga o‘tgan. Bu esa firibgarlar uchun qalbakilashtirishni osonlashtirdi. 🖥 Eng xavfli jihat — ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qilish. Xususan, Telegram guruhlarda kartadan kartaga pul o‘tkazish orqali chipta sotib olish ko‘plab muammolarga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatda xaridor hech qanday rasmiy chek yoki kvitansiya olmaydi. Natijada, muammo yuzaga kelsa, pulni qaytarish deyarli imkonsiz bo‘ladi. 🎤 Mutaxassislarning aytishicha, firibgarlar aynan shoshilinch vaziyatdagi odamlarni nishonga oladi. Ularga psixologik bosim o‘tkazadi: “Oxirgi joy qoldi”, “Hozir olmasangiz, kech bo‘ladi”, “Arzon narx faqat bugun amal qiladi” kabi gaplar orqali odamni tez qaror qabul qilishga majbur qiladi. ⌛ Oqibatda kishi tekshirmasdan pul o‘tkazib yuboradi. 🎙 Ushbu videoda soxta aviachiptalar va firibgar taksichilar ishlash usuli hamda ulardan qanday himoyalanish mumkinligi haqida gaplashamiz. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzChet elga chiqishning muhim maqsadlaridan biri iqtisodiy jihatdan jamg‘arma qilishdir. Shu sababli daromad va xarajatlaringizni to‘g‘ri boshqarish juda muhim. ▪️ Bank hisob raqami ochish Turkiyada bank hisob raqami ochish uchun odatda pasport va Internet Vergi Dairesi orqali olinadigan “Potansiyel Vergi Kimlik Numarası” (potensial soliq raqami) talab qilinadi. Yashash ruxsatnomasi yoki yabancı kimlik numarası olganingizdan keyin bank operatsiyalarini amalga oshirish ancha osonlashadi. Bank kartangizni, internet bank xizmatlari parolini yoki mobil bank ma’lumotlarini hech qachon boshqa odamlar bilan ulashmang. ▪️ Tejash va xarajatlarni rejalash Turkiyada inflyatsiya va yashash xarajatlari vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turishi mumkin. Shu sababli xarajatlaringizni rejalashtirib yurish foydali bo‘ladi. Market xaridlarida aksiyalarni kuzatish va ba’zi mahsulotlarni internet orqali sotib olish ko‘pincha arzonroq bo‘ladi. Internetda narxlarni solishtirish uchun Cimri va Akakçe kabi saytlar yordam beradi. Shahar ichidagi transport uchun har bir shaharning o‘z transport kartasi mavjud. Masalan, • Istanbulda — İstanbulkart • Antaliyada — Antalyakart • Ankarada — Ankarakart Bu kartalarni olib ichiga pul yuklab ishlatsangiz, transport xarajatlari ancha arzon bo‘ladi. ▪️ Pul yuborish Vatanga pul yuborishda bank ilovalari yoki ishonchli pul o‘tkazma tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi. ▪️ Quyidagi xalqaro pul o‘tkazma tizimlari keng tarqalgan: • Western Union • MoneyGram • Zolotaya Korona Tanish bo‘lmagan odamlarga komissiya evaziga qo‘lma-qo‘l pul berish yoki norasmiy yo‘llar orqali pul yuborishdan qat’iyan saqlaning. ▪️ Moliyaviy xavfsizlik Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirganda ehtiyot bo‘lish juda muhim. • Bank hisobingizdan boshqa odamlar foydalanishiga ruxsat bermang. • Bank kartangiz yoki parol ma’lumotlaringizni hech kim bilan bo‘lishmang. • Telefon yoki internet orqali sizdan pul talab qiladigan shaxslarga nisbatan ehtiyot bo‘ling. • Turkiyada bank orqali (IBAN orqali) kimlargadir pul yuborayotganingizda “açıklama” (izoh) qismiga pul nima uchun yuborilayotganini albatta yozing. (Masalan qarz to‘lovi, ijara puli, kommunal to‘lovlar) Izohsiz yuborilgan pullar keyinchalik huquqiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzSog‘liq va xavfsizlik hamma narsadan muhimdir. Turkiyada sog‘liqni saqlash tizimi rivojlangan va qonuniy ishlayotgan shaxslar davlat tibbiy xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega. SGK Turkiyada qonuniy ishlashni boshlaganingizda ish beruvchi sizning nomingizdan SGK, ya’ni Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti badallarini to‘lashga majbur. ▪️ SGK ro‘yxatingiz amalga oshirilgandan so‘ng: • davlat shifoxonalarida tibbiy xizmatlardan foydalanishingiz • retsept bilan beriladigan dorilarni chegirma bilan olishingiz mumkin. Shuningdek oilaviy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz ham ushbu huquqlardan foydalanishlari mumkin. Shu sababli sug‘urtasiz (noqonuniy) ishlashni hech qachon qabul qilmang. Sug‘urtasiz ishlash nafaqat sog‘liq xizmatlaridan foydalanishni cheklaydi, balki sizni qonuniy huquqlaringizdan ham mahrum qilishi mumkin. ▪️ Ish sog‘ligi va xavfsizligi Ish sog‘ligi va xavfsizligi Qurilish, zavod yoki ishlab chiqarish kabi xavfli ishlarda ishlayotgan xodimlarga ish beruvchi tomonidan himoya vositalari berilishi majburiy. Bular quyidagilar bo‘lishi mumkin: • himoya kaskasi (baret) • maxsus xavfsizlik poyabzali • qo‘lqop • boshqa himoya vositalari Ish beruvchi bu vositalarni ta’minlashi shart, xodimlar esa ularni ishlatishi qonuniy majburiyat hisoblanadi. ▪️ Ish jarohati Ish joyida yoki ishga borib-kelish vaqtida yuz bergan hodisalar ish jarohati sifatida qabul qilinadi. Agar bunday holat yuz bersa, shifoxonada yoki politsiya bayonnomasida bu hodisa ish joyida sodir bo‘lganini albatta aytish kerak. Bu keyinchalik kompensatsiya va boshqa huquqlaringiz uchun muhim hisoblanadi. ▪️ Favqulodda holat raqamlari Turkiyada tez yordam, politsiya va yong‘in xizmati 112 Favqulodda chaqiriq markazi orqali ishlaydi. Favqulodda holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Bundan tashqari muhim maslahat liniyalari ham mavjud: • Alo 170: Mehnat hayoti, ishchi huquqlari va ishlash ruxsatnomasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin. • Alo 157: Migratsiya boshqarmasi maslahat liniyasi. Chet elliklarning yashash ruxsatnomasi va migratsiya masalalari bo‘yicha ma’lumot beradi. Shuningdek, zarur hollarda O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yoki Migratsiya Agentligi vakolatxonasiga ham murojaat qilishingiz mumkin. ▪️ Telefon xavfsizligi Ko‘chada tanimagan odamlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun telefoningizni bermang. Chunki telefon raqamingiz sizning nomingizga rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Agar shu raqam orqali jinoyat sodir etilsa (masalan firibgarlik yoki noqonuniy aloqalar), siz ham muammoga duch kelishingiz mumkin. ▪️ Aeroportda ehtiyot bo‘ling Aeroportda yoki safar vaqtida tanimagan shaxslarning jamadon yoki paketlarini olib o‘tish taklifini qat’iyan qabul qilmang. Bunday holatlar jiddiy huquqiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. ▪️ O‘z huquqlaringizni biling Turkiyada ishlayotgan chet elliklarning bir qator qonuniy huquqlari mavjud. Bu huquqlarni bilish va kerak bo‘lganda ulardan foydalanish Turkiyada xavfsiz va barqaror hayot kechirishingizga yordam beradi. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzTurkiyaga kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun til va madaniyat jihatidan muhim bir afzallik mavjud. O‘zbek va turk tillari bir xil til oilasiga mansub bo‘lgani uchun ko‘plab so‘z va iboralar bir-biriga o‘xshash. Bu esa kundalik hayotga moslashishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramay, dastlabki davrda ayrim tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. ▪️ Tilning nozik jihatlari O‘zbek va turk tillari o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim so‘zlar turli ma’nolarni anglatishi mumkin. Shuning uchun ish joyida yoki kundalik hayotda berilgan topshiriqni to‘liq tushunmagan bo‘lsangiz, darhol “ha” deb javob berish o‘rniga yana bir bor so‘rashdan tortinmang. ▪️ Salomlashish va kundalik iboralar Turk jamiyatida quyidagi iboralar kundalik hayotda juda ko‘p ishlatiladi: • Günaydın — Xayrli tong • İyi günler — Yaxshi kunlar • Kolay gelsin — Ishingiz oson bo‘lsin • Sağ olun / teşekkür ederim — Rahmat Bu kabi iboralar muloqotni yanada samimiy qiladi. ▪️ Turk tilini o‘rganishning ahamiyati Turkiyada turk tilini qanchalik yaxshi bilsangiz, kundalik hayotingiz shunchalik oson bo‘ladi. Til bilish ish joyidagi muloqotni osonlashtiradi, rasmiy ishlarni tezroq hal qilishga yordam beradi va yangi tanishlar orttirishga imkon yaratadi Til o‘rganish jarayonida texnologiyadan ham foydalanishingiz mumkin. Google Translate kabi tarjima dasturlari kundalik suhbatlarni tushunishga yordam beradi. Shuningdek ChatGPT, Gemini kabi sun’iy intellekt vositalari ham ayrim so‘zlarning ma’nosini bilish, matnlarni tushunish yoki umumiy ma’lumot olish uchun foydali bo‘lishi mumkin. ▪️ Psixologik moslashuv jarayoni Chet davlatda yashash va ishlash ba’zan psixologik jihatdan qiyin bo‘lishi mumkin. Biroq Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy va diniy o‘xshashliklar sababli moslashuv jarayoni ko‘pincha boshqa davlatlarga qaraganda tezroq kechadi. Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari sonining ko‘pligi ham bu jarayonni yengillashtiradi. ▪️ Ijtimoiy hayot va jamiyatga moslashish Yangi davlatga kelganingizda o‘zingizni jamiyatdan ajratib qo‘ymaslik muhim. Ishdagi hamkasblaringiz bilan suhbatlashish va atrofdagi odamlar bilan muloqot qilish moslashuv jarayonini tezlashtiradi. Turkiyada O‘zbekiston fuqarolari ko‘p yashaydigan hududlarda turli yordam va hamkorlik tarmoqlari mavjud. So‘nggi yillarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan tashkil etilgan turli jamiyat va uyushmalar soni ham ortib bormoqda. Bunday tadbirlarda qatnashish bir tomondan vatan sog‘inchini kamaytiradi, ikkinchi tomondan Turkiyadagi hayotga tezroq moslashishga yordam beradi. Til o‘rganish va odamlar bilan faol muloqot qilish yangi davlatda muvaffaqiyatli hayot qurishning eng muhim omillaridan biridir. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzTurkiya va O‘zbekiston tarix, til va madaniyat jihatidan bir-biriga juda yaqin davlatlardir. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashashga odatda tez moslashadilar. Shunga qaramay, kundalik hayotda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ayrim ijtimoiy qoidalar mavjud. ▪️ Hurmat va murojaat shakllari Turk madaniyatida hurmat bilan murojaat qilish juda muhim hisoblanadi. Kundalik hayotda o‘zingizdan katta erkaklarga “Abi”, ayollarga esa “Abla” deb murojaat qilish keng tarqalgan. Rasmiy muhitda esa ismning oxiriga “Bey” yoki “Hanım” qo‘shiladi. Masalan: Ahmet Bey, Ayshe Hanım Turk tilida kundalik suhbatda “sen” deb murojaat qilish juda keng tarqalgan va bu ko‘p hollarda hurmatsizlik sifatida qabul qilinmaydi. Biroq ish muhitida va rasmiy vaziyatlarda “siz” deb murojaat qilish afzal hisoblanadi. ▪️ Mehmondo‘stlik va choy madaniyati Choy turk ijtimoiy hayotining muhim qismidir. Ish joylarida tanaffus vaqtida, mehmondorchilikda yoki suhbat davomida tez-tez choy taklif qilinadi. Choy ichish ko‘pincha ijtimoiy muloqotning bir qismi sifatida qaraladi. ▪️ Bayroq va diniy ramzlarga hurmat Turk jamiyatida bayroq, davlat ramzlari va diniy qadriyatlarga katta hurmat bilan qaraladi. Shu sababli Turkiya bayrog‘iga yoki diniy ramzlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qat’iyan saqlanish kerak. ▪️ Jamoat transporti qoidalari Jamoat transportidan foydalanishda quyidagi qoidalarga e’tibor beriladi: • Baland ovozda gaplashish madaniyatsizlikdek ko’riladi • Telefon orqali gaplashayotganda atrofdagilarga xalaqit bermaslik kerak • Avtobuslarga odatda oldi eshikdan chiqiladi, tushish esa o‘rta yoki orqa eshikdan amalga oshiriladi • Jamoat transportida yo‘l haqi transport kartasi orqali to‘lanadi. ▪️ Foto va video olish Odamlarning fotosurati yoki videosini olishdan oldin albatta ruxsat so‘rash kerak. Ruxsatsiz suratga olish ayrim holatlarda huquqiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Xorijda mahalliy aholi madaniyatiga hurmat sizni ko’plab muammolardan xalos etadi va do’stlar orttirishingizga yordam beradi. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzTurkiyada ishlamoqchimisiz? Unda bu qoidalarni o’rganib chiqing. Turkiyada ishlamoqchi bo‘lgan chet ellik fuqarolar albatta ishlash ruxsatnomasi, ya’ni çalışma iznini olishlari va migratsiya qonun-qoidalariga rioya qilishlari kerak. Viza imtiyozi va ishlash ruxsatnomasi O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada 180 kun ichida 90 kungacha vizasiz kirish va bo’lish huquqiga ega. Ko’pchilik vatandoshlarimiz bu imkoniyatdan foydalanib, Turkiyaga viza olmay borishadi. Lekin, bu bizga ishlash huquqini bermaydi. Qonuniy ishlash uchun Turkiyaga ishchi viza olib kelish va ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirish yoki boshqa asos bilan Turkiyada ishlash ruxsatnomasini olish talab qilinadi. Ishlash ruxsatnomasisiz ishlash ham xodim, ham ish beruvchi uchun jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, chet ellik shaxsga nisbatan deportatsiya va Turkiyaga kirishga taqiq kabi choralar qo‘llanishi mumkin. Ishlash ruxsatnomasi ish beruvchi orqali olinadi. Ishlash ruxsatnomasi ayni paytda yashash ruxsatnomasi o‘rnini ham bosadi va amal qilish muddati davomida Turkiyada qonuniy yashash huquqini beradi. Ishlash ruxsatnomasiga ariza berish Ishlash ruxsatnomasi uchun ariza ikki xil usulda berilishi mumkin: • Agar Turkiyada kamida 6 oylik amal qiluvchi yashash ruxsatnomangiz, ya’ni iqomat izni bo‘lsa, ariza Turkiya ichidan berilishi mumkin. • Agar yashash ruxsatnomangiz bo‘lmasa, ariza xorijdan, ya’ni yashayotgan mamlakatingizdagi Turkiya Respublikasi elchixonasi yoki konsulligi orqali beriladi. O‘zbekistondan beriladigan ishchi vizasi arizalari odatda Turkiya Respublikasi tomonidan vakolat berilgan viza ariza markazlari, ya’niSefa Viza orqali qabul qilinadi. Manzil ro‘yxati va xabar berish majburiyati Turkiyaga kelib yashash ruxsatnomasi yoki ishlash ruxsatnomasi olgandan so‘ng eng kamida 20 ish kuni ichida yashash manzilingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak. Buning uchun Migratsiya boshqarmasining randevu tizimi orqali navbat olinadi: https://randevu.goc.gov.tr Ro‘yxatidan o‘tish vaqtida manzil bildiriladi va barmoq izi olish jarayonlari ham amalga oshiriladi. Agar manzilingiz o‘zgarsa, bu haqda ham 20 ish kuni ichida Migratsiya boshqarmasiga xabar berishingiz shart. Shuningdek, yangi pasport olish, oilaviy holat o‘zgarishi, shaxsiy ma’lumotlardagi o‘zgarishlar ham shu muddat ichida bildirilishi kerak. Mehnat shartnomasi Ish boshlashdan oldin albatta yozma mehnat shartnomasi tuzilishi va uning bir nusxasi sizda qo‘lishi kerak. Mehnat shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur: • bajariladigan ish turi • ish soatlari • oylik maosh miqdori • maosh to‘lanadigan kun • haftalik dam olish kuni Ish vaqti Turkiyada qonuniy haftalik ish vaqti 45 soat hisoblanadi. Bir kunlik ish vaqti 11 soatdan oshmasligi kerak. Xodimlarning tanaffus qilish huquqi ham mavjud: • 4 soatgacha ishda kamida 15 daqiqa • 4 – 7,5 soat ishda kamida 30 daqiqa • 7,5 soatdan ortiq ishda kamida 1 soat tanaffus berilishi kerak. Har bir xodim haftasiga kamida 1 kun (24 soat) dam olish huquqiga ega. Qo‘shimcha ish (overtime) Haftasiga 45 soatdan ortiq ishlash qo‘shimcha ish hisoblanadi. Qo‘shimcha ish uchun oddiy ish haqining 50% ko‘proq (1,5 baravar) miqdorida to‘lov berilishi kerak. Minimal ish haqi Turkiyada ko‘plab maoshlar minimal ish haqi asosida belgilanadi. 2026 yil uchun: Net minimal ish haqi: 28.075,50 TL Brutto minimal ish haqi: 33.030,00 TL SGK va sog‘liqni saqlash xizmatlari Ishlash ruxsatnomasi olingandan va SGK, ya’ni Ijtimoiy xavfsizlik tashkiloti ro‘yxati amalga oshirilgandan so‘ng siz Umumiy sog‘liqni saqlash sug‘urtasi tizimiga kirasiz. Shu orqali: • davlat shifoxonalarida tibbiy xizmatlardan foydalanish • retsept bo‘yicha dorilarni chegirma bilan olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ishchi huquqlari bo‘yicha murojaat Agar ish joyida maosh, ish vaqti yoki boshqa mehnat huquqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, ALO 170 Mehnat va ijtimoiy ta’minot maslahat liniyasi orqali shikoyat yoki ma’lumot so‘rab murojaat qilishingiz mumkin. Bu qoidalarga rioya qilish sizni Turkiyada xavfsiz yashash va ishlashingiz garovidir. Ularga amal qiling, ishingizga baraka bersin. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz🎙️ Bugun smartfonsiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, xorijda ishlayotganingizda — u sizning yo‘lboshchingiz, tarjimoningiz va himoyachingiz bo‘ladi. ✍️ Bolgariyada ishlayotganingizda sizga kerak bo‘ladigan asosiy ilovalar bilan tanishing. ❓ Google Translate — tilni tushunmayapsizmi? Oddiygina gapiring yoki yozing, bu ilova tarjima qiladi. Kamera funksiyasi orqali belgilar va hujjatlarni ham oson o‘qib beradi. 📍 Google Maps — joydan adashmang. Transport, yo‘nalish va eng yaqin do‘kon yoki shifoxonani oson toping. 🚌 Moovit — jamoat transporti: avtobus, tramvay, trolleybus yo‘nalishlari va jadvalini real vaqtda ko‘rsatadi. Sofiya, Plovdiv va Varnada juda aniq ishlaydi. 🎟 Sofia Plus / Ticket Sofia — Sofiyada jamoat transporti uchun elektron chipta yoki kunlik abonement sotib olish uchun qulay ilova. 🚕 TaxiMe / Yellow! — Bolgariyada taksi chaqirish uchun eng xavfsiz ilovalar. Narxni oldindan ko‘rsatadi va firibgarlik xavfini kamaytiradi. ⌛ Spark — elektr avtomobillarni ijaraga olish xizmati. Smartfon orqali eng yaqin mashinani topib, ijaraga olish mumkin. 💰 Revolut yoki Wise — arzon va xavfsiz xalqaro pul o‘tkazmalari. 🌐 Viber, WhatsApp, Telegram — oila bilan aloqada bo‘ling. Viber Bolgariyada keng tarqalgan. 👀 NRA App — Bolgariya Soliq xizmati ilovasi. Agar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, to‘langan soliq va sug‘urta badallaringizni ko‘rishingiz mumkin. ✅ Bulgaria Travel — sayohat, transport va ruxsatnoma bo‘yicha foydali maʼlumotlar. 📊 My Bulstat — ish joyingiz, yuridik shaxslar yoki kompaniyalar haqida maʼlumot olish uchun. ⚠️ Va eng muhimi — hech qachon nomaʼlum manzildan ilova yuklab olmang. Faqat rasmiy Google Play yoki App Store‘dan foydalaning. Telefoningizga parol qo‘ying. Shaxsiy maʼlumotlaringiz — pasport nusxasi, bank kodi yoki rasmiy shartnomalarni faqat ishonchli ilovalarga kiriting. ⚠️ Yodda tuting: Smartfon — faqat aloqa vositasi emas, balki sizning cho‘ntakdagi do‘stingiz! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzBolgariyada mehnat qilasiz va pul topasiz. Ammo uni to‘g‘ri boshqarish — muvaffaqiyat kaliti. Bolgariya bank tizimi Yevropa standartlari asosida ishlaydi. Ish haqi ko‘pincha bank kartasi orqali to‘lanadi. Shuning uchun ishni boshlagach, birinchi qadamingiz — bank hisob raqami ochish bo‘lsin. Pasportingiz, yashash ruxsatnomangiz va ishchi shartnomangiz bilan istalgan mahalliy bankda hisob ochishingiz mumkin. Muhim eslatma: bank komissiyalariga eʼtibor bering. Baʼzi banklar naqd pul yechish yoki hisobni yuritish uchun to‘lov undirishadi. Shartlarni o‘qib chiqing, tushunmaganingiz bo‘lsa — so‘rang. Ish haqingizdan har oy soliq va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari ushlab qolinadi. Bu qonuniy va rasmiy hisob-kitoblar uchun muhim. Uyga pul yuborish uchun xalqaro pul o‘tkazma xizmatlaridan foydalaning: masalan, Wise, Revolut, Western Union yoki bank o‘tkazmalari. Pulni faqat ishonchli manbalar orqali yuboring. Notanish odamlarga yoki norasmiy xizmatlarga ishonmang. Pul tejashni odat qiling. Har oy kamida bir qismini jamg‘arma sifatida saqlab boring. Favqulodda holatlar, safar yoki oilangizga yordam kerak bo‘lishi mumkin. Firibgarlikdan ehtiyot bo‘ling. Internet orqali "foizli kredit", "tez pul", "super takliflar" deyilgan xabarlarga laqqa tushmang. Hech kim sizga oson va shunchaki pul bermaydi. Qonuniy, rasmiy va nazorat qilinadigan moliyaviy tizim — sizni firibgarlardan himoya qiladi. Yodda tuting: Pul topish — sanʼat. Pulni asrash — donolik. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzBolgariyada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi juda qattiq nazorat qilinadigan sohadir. Bu tizim Yevropa Ittifoqining umumiy direktivalari va Bolgariyaniing "Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari to‘g‘risida"gi qonuni asosida ishlaydi. Ishga kirishda siz instruktaj — yaʼni xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatma olishingiz kerak. Bu sizning huquqingiz. Agar o‘qitish o‘tkazilmagan bo‘lsa, bu haqda darhol ogohlantiring. Xavfli sohalarda kaska, qo‘lqop, maxsus etik yoki niqob kabi himoya kiyimlari majburiy. Ishga chiqmasdan avval bu vositalar sizga berilganini tekshiring. Elektr, qurilish yoki qishloq xo‘jaligi sohasida ishlayotgan bo‘lsangiz, xavfsizlik qoidalari ikki karra muhim. Chunki baxtsiz hodisalar aynan shu tarmoqlarda ko‘proq uchraydi. Ishga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy. Ish turiga qarab — masalan, og‘ir sanoat yoki kimyoviy sohada — xodimlar yiliga kamida bir marta bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Bolgariya sog‘liqni saqlash tizimi Yevropa standartlariga mos. Agar sizda ruxsatnomangiz va sug‘urtangiz bo‘lsa, davlat klinikalarida xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Ish beruvchi sizni sog‘liq sug‘urtasi bilan taʼminlashi shart. Bu orqali shifokorga murojaat qilish, tahlillar topshirish yoki kasal bo‘lib qolganingizda bepul davo olish imkoniga egasiz. Bolgariyada xavfsizlik texnikasiga amal qilinishini Bosh mehnat inspeksiyasi nazorat qiladi. Agar xavfsizlik qoidalari buzilsa — masalan, himoya vositalari berilmasa yoki hayotingiz uchun xavfli sharoitda ishlashga majburlashsa — ishni to‘xtatishga haqlisiz va bu haqda rahbaringizga aytishingiz kerak. Bu uchun sizni ishdan bo‘shatishga haqlari yo‘q. Mehnat inspeksiyasiga anonim tarzda murojaat qilishingiz ham mumkin. Agar ish vaqtida yoki ishga kelayotganda va qaytayotganda jarohat olsangiz, bu haqda darrov ish beruvchiga xabar bering. Ish beruvchi 3 ish kuni ichida Milliy sug‘urta institutiga xabar berishi shart. Davolanish vaqtida sizga kasallik varaqasi bo‘yicha kompensatsiya to‘lanadi. Yodda tuting: Sizning hayotingiz va sog‘lig‘ingiz — eng katta boyligingiz! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzBolgariyada muvaffaqiyatli yashash va ishlash uchun nafaqat qonunlarni bilish, balki mahalliy aholining tili, muloqot madaniyati va ruhiyatini tushunish juda muhim. Bolgarlar samimiy, ammo o‘z an’analari va qarashlariga sodiq xalq. Munofiqlikni yoqtirishmaydi. Agar ularga biror narsa yoqmasa, buni yuzga ochiq aytishlari mumkin. Buni qo‘pollik deb emas, balki samimiyat deb qabul qilish kerak. Bolgarlarning psixologiyasida "shoshilmaslik" muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonida ham ular dam olish va qahva ichish uchun vaqt ajratishni muqaddas deb bilishadi. Bolgariyada davlat tili — bolgar tili. Kirill yozuvida yoziladi va rus tiliga biroz o‘xshash, ammo o‘ziga xos grammatikasi bor. Ish joyingizda ko‘pchilik bolgar tilida so‘zlashadi. Kundalik so‘zlar, salomlashuv va oddiy iboralarni o‘rganish sizga katta yordam beradi. Masalan: Здравейте — Salom Благодаря — Rahmat Моля — Iltimos / Arzimaydi Извинете — Kechirasiz Ingliz tili ko‘proq yoshlar orasida mashhur. Rus tilini esa katta avlod vakillari yaxshi tushunadi. Ammo ishonchli va samarali muloqot uchun hech bo‘lmaganda asosiy bolgarcha iboralarni bilgan ma’qul. Unutmang: Til — bu faqat so‘zlashish vositasi emas. U sizning hurmatingiz, madaniyatingiz, va o‘zligingizni ko‘rsatadi. Qolaversa, mahalliy tilni o‘rganish orqali siz bolgariyaliklar qalbini zabt etishingiz va muvaffaqaiyatlarga erishishingiz mumkin! Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuzBolgariya — qadimiy tarixga ega, Yevropa va Osiyo uyg‘unlashgan go‘zal yurt. Bu yerda mehmonlarni samimiy kutib olishadi. Lekin har bir mamlakatning o‘z madaniyati bor — va unga hurmat bilan yondashish juda muhim. Birinchi narsa — bolgarlarda bosh irg‘ash biznikiga teskari. Boshni yuqoridan pastga qimirlatish ularda “yo‘q” degani, yon tomonga qimirlatish esa “ha” degani. Adashib ketmaslik uchun oddiygina “da” yoki “net” deb gapirgan maʼqul. Odamlar bilan muomalada xushfeʼllik, odob va tartibni saqlang. Bolgarlar ochiq va yordamga tayyor xalq. Lekin ular shaxsiy hayotga haddan tashqari aralashishni yoqtirishmaydi — buni hurmat bilan qabul qiling. Vaqtga munosabat ham jiddiy. Ishga kechikish yoki bergan vaʼdani bajarmaslik siz haqingizda yomon taassurot qoldiradi. Vaqtni qadrlang — bu yerda u juda muhim. Bo‘sh vaqtda bolgarlar tabiatga chiqishni, piyoda yurishni va oila bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘rishadi. Dam olish kuni odatda yakshanba. Dindorlar uchun pravoslav bayramlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bozorda, do‘konda yoki davlat idoralarida navbatga qatʼiy rioya qilinadi. Navbatni buzish — bu yerda oddiy odobsizlik emas, jiddiy hurmatsizlik deb qaraladi. Endi bir muhim narsa haqida. Siz boshqa yurtdasiz. Stress, uy sog‘inchi, madaniy farqlar — bularning barchasi ruhiy bosim keltirishi mumkin. Bu tabiiy hol. O‘zingizni ayblamang. Agar og‘ir bo‘lsa, ish beruvchingiz yoki vakil tashkilot orqali psixologik yordam so‘rang. Xotirjamlik, o‘zaro hurmat va yumshoq muomala — har qanday murakkab vaziyatni hal qilishning eng yaxshi yo‘li. Va nihoyat, doim yodingizda tuting: siz Bolgariyada nafaqat ishchisiz — siz O‘zbekiston vakilisiz. Sizning har bir hatti-harakatingiz mamlakatimiz shaʼniga taʼsir qiladi.Bolgariyada ishlash arafasidamisiz? Unda bu ma‘lumotlar siz uchun juda muhim. Bolgariyada mehnat munosabatlari Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi. Chet el fuqarolari ishlash uchun Yagona yashash va ishlash ruxsatnomasi olishi shart. Shartnoma va ruxsatnomasiz ishlash — ish beruvchi uchun jarima, siz uchun esa deportatsiya xavfi. Shuning uchun har qanday ishchi faqat rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi kerak. Shartnoma imzolanganda, uning bir nusxasi albatta sizda bo‘lsin. Shartnomada quyidagilar yozilgan bo‘lishi shart: ish vaqti va dam olish kunlari, ish haqi miqdori va to‘lov muddati, ish joyi manzili, hamda mehnat majburiyatlari va muddati. Shartnoma odatda ikki tilda — bolgar va rus yoki ingliz tilida tuziladi. Ish vaqti haqida. Ish haftasi 5 kun, kunlik ish vaqti esa 8 soatdan oshmasligi kerak. Lekin bu korxonaning ichki tartibiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Ish vaqtidan tashqari ishlashga faqat qonun doirasida yo‘l qo‘yiladi. Qo‘shimcha ish va dam olish kunlaridagi ish yuqori stavkada to‘lanadi. Ish haqi odatda oyning 10 sanasidan 25 sanasigacha to‘lanadi. Ish beruvchining majburiyatlari. Ish beruvchi sizni Milliy daromadlar agentligida ro‘yxatdan o‘tkazishi, ijtimoiy va pensiya badallarini to‘lashi, xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi va ish haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart. Bundan tashqari, ish beruvchi sizni ijtimoiy sug‘urta qilishga majbur — bu tibbiy xizmat, pensiya va baxtsiz hodisalardan himoyalanish huquqingizni taʼminlaydi. Muhim eslatma. Bir korxona bilan shartnoma imzolab, boshqa korxonada ishlash ham noqonuniy hisoblanadi. Bu fikrni boshdan chiqaring. Sizni hech kim majburlab ishlata olmaydi. Agar bosim yoki tahdid bo‘lsa, darhol huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qiling. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz